Genesis Hub — maxfiylik va foydalanish yo'riqnomasi

Versiya: 2026-10-26 · Amal qiladi: Genesis dasturi va Genesis Hub serveri (kontaktlar, telefon ilovasi, obuna, AI Hub orqali)

1. Asosiy va'da

Sizning ma'lumotlaringiz sizniki. Genesis Hub ularni sotmaydi, ijaraga bermaydi, reklama uchun ishlatmaydi va uchinchi tomonlarga bermaydi. Hub'ning daromadi faqat obunadan. Xabar va fayllaringizning mazmunini Hub egasi ham, administrator ham o'qiy olmaydi — ular sizning qurilmalaringizda shifrlanadi va faqat qabul qiluvchida ochiladi.

2. Kompyuteringizda qoladigan narsalar (Hub'ga yuborilmaydi)

kadrlar faqat sizning telefoningiz uchun shifrlanib yuboriladi — Hub ularni ocha olmaydi va saqlamaydi.

3. Hub'da nima saqlanadi

Ma'lumotNima uchunQancha vaqt
Akkaunt ID (GEN 512 834 907), ko'rsatiladigan nom, ro'yxat sanasiSizni kontaktlaringiz topishi uchunHisob o'chirilguncha
Qurilmalar: nomi, turi, ochiq kalitlari, oxirgi ulanish vaqtiXabarlarni to'g'ri qurilmaga yetkazish, imzolarni tekshirishQurilma o'chirilguncha
Kontaktlar ro'yxati va so'rov holatiKim bilan yozishishingiz mumkinligiHisob o'chirilguncha
Xabarlar — faqat shifrmatn (ek, nonce, ct), kimdan-kimga, vaqtQurilma oflayn bo'lsa yetkazib berishYetkazilgach darhol; ko'pi bilan 30 kun
«O'qildi» belgilari — xabar kabi shifrlangan, ichida faqat o'qilgan xabarlarning ID'lari; Hub faqat turi (receipt) va vaqtini ko'radiKontaktingiz xabari o'qilganini ko'rishi (oltin ✓✓). Genesis → ⚙ → Hub va obuna'da o'chiriladiXabar bilan bir xil: yetkazilgach darhol
Fayllar — shifrlangan blob, hajmi, kim-kimgaQabul qiluvchi yuklab olgunchaReja muddati (7–30 kun) yoki yuklab olingach 24 soat
Obuna va to'lovlar: reja, muddat, summa, to'lov IDObunani boshqarish, buxgalteriyaTo'lov yozuvlari qonun talab qilgan muddatda
AI orqali so'rovlar: faqat token sonlari (so'rov va javob matni emas)Oylik kvota12 oy
Admin amallari jurnali (kim, qachon, nima)Hisobdorlik30 kun

Hub saqlamaydi: xabar va fayl mazmunini ochiq holda, AI so'rovlarining matnini, IP manzillar jurnalini (server kirish loglari o'chirilgan), joylashuvni, kontaktlar daftaringizni, telefon raqamingizni.

4. AI Hub orqali (managed_ai)

Obunangizda bu imkoniyat bo'lsa, Genesis AI so'rovlarini Hub orqali provayderga (Google Gemini yoki Anthropic Claude) uzatadi. Hub so'rov va javob matnini diskka yozmaydi va loglamaydi — faqat token sonini hisoblaydi. So'rov matni provayderga boradi va uning siyosatiga bo'ysunadi (Google va Anthropic API ma'lumotlari modelni o'qitish uchun ishlatilmaydi deb e'lon qilgan). Buni xohlamasangiz, Genesis'da o'z API kalitingizni ishlating yoki ⚙ → "AI Hub orqali" ni Hech qachon qilib qo'ying — hamma lokal imkoniyatlar baribir ishlaydi.

5. Uchinchi tomonlar

Faqat kerak bo'lganda: to'lov provayderi (Payme / Click — summa va to'lov raqami; karta ma'lumotlari Hub'ga kelmaydi), AI provayderi (4-bo'lim) va qo'ng'iroqda — Hub'ning TURN serveri bo'lmasa — Google STUN (pastda). Tashqi analitika, reklama tarmoqlari, kuzatuv skriptlari yo'q. Qonun bilan majburlangan holda ham faqat metadata berilishi mumkin — mazmun bizda yo'q.

Qo'ng'iroqlarda qurilmalar bir-birini STUN/TURN serveri orqali topadi. Hub'ning o'z TURN serveri bo'lsa, faqat u ishlatiladi: u shifrlangan paketlarni uzatadi, xolos — ovoz va tasvirni ochib ko'ra olmaydi (DTLS-SRTP), jurnal yozmaydi. TURN sozlanmagan bo'lsa, Google'ning ochiq STUN serveri (stun.l.google.com) so'raladi — u faqat IP manzilingizni ko'radi, qo'ng'iroq mazmunini emas.

Hub egasi o'z Telegram'iga xizmat ogohlantirishlari olishi mumkin (tasdiq kutayotgan to'lov, to'lov o'tdi, disk to'ldi, kunlik hisobot). Bu xabarlarda faqat sonlar va summalar bo'ladi — akkaunt ID, ism, qurilma nomi, xabar yoki fayl haqida hech narsa yo'q; ular egasining shaxsiy Telegram'ida qoladi va boshqa hech kimga bormaydi.

6. Sizning huquqlaringiz

haqingizda bilgan hamma narsa, JSON ko'rinishida.

fayllar va AI hisobi darhol va qaytarib bo'lmas o'chiriladi; to'lov yozuvlari faqat summa va sana bilan, akkauntsiz qoladi.

7. Xavfsizlik

DPAPI bilan himoyalangan).

ekranda qizil belgi, Esc darhol to'xtatadi. Kontaktning kompyuteridagi vazifalar faqat u tasdiqlagandan keyin.

8. Foydalanish qoidalari

Taqiqlanadi: spam va ommaviy so'rovlar, boshqalarning qurilmasiga ruxsatsiz kirishga urinish, zararli fayllar tarqatish, qonunga zid maqsadlar. Buzilsa akkaunt bloklanadi (Hub buni mazmunni o'qimasdan — shikoyat va metadata asosida qiladi). Xizmat 16 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun.

9. O'zgarishlar va aloqa

Yo'riqnoma o'zgarsa, versiya raqami yangilanadi va barcha qurilmalarga e'lon yuboriladi; eski versiya bilan ishlashni davom ettirish yangisiga rozilik hisoblanmaydi — siz istalgan payt hisobni o'chirishingiz mumkin. Savollar: Hub egasi bilan /admin da ko'rsatilgan manzil orqali.